AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Ahvazdagi terakt sabablarini topish uchun “ko‘zguga qarashi” kerakligini aytdi, deb yozadi “RBK”.
“AQSh har qanday joydagi har qanday terrorchilik hujumlarini qoralaydi. Mening fikrimcha, hodisa sabablarini tushunish uchun Ruhoniy o‘z hududidagi muammolarga nazar solishi kerak. Ruhoniy bizni istaganicha ayblashi mumkin, ammo u ko‘zguga qarashi kerak”, — dedi u.
Xeyli qo‘shimcha qilishicha, AQSh Eronda yoki boshqa biror joyda rejimni almashtirishga harakat qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Eronning Ahvaz shahrida 22-sentabr kuni harbiy paradga qurollangan jangarilar hujum uyushtirdi, oqibatda 29 kishi halok bo‘ldi. Terakt uchun javobgarlikni IShID hamda Saudiya Arabistoni hukumatiga aloqador ekstremistik guruh o‘z bo‘yniga oldi. Biroq Eron Qurolli kuchlari vakili terrorchilarning AQSh va Isroilning “Mossad” razvedkasi bilan bog‘liqligi borligini aytdi. Terakt munosabati bilan Hasan Ruhoniy AQSh uning mamlakatida xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)