Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida shu yil 22-sentabr kuni 2 noma’lum shaxs fuqaro A.I.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, qo‘lidan ichida 2 million 685 ming so‘m puli, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va telefon quvvatlantirish moslamasi bo‘lgan barsetkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringanlar. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada A.I.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchi S.S. va F.D.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)