• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Umurzoqov: Mashina olishda ‘shapka’ va navbatlar bo‘lmaydi

    “Gazeta.uz”da “O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov haqida maqola e’lon qilindi. Ushbu maqola to‘lig‘icha e’tiboringizga havola qilinadi.

    Shavkat Umurzoqov.

    Shavkat Umurzoqov.
    Foto: Shuhrat Latipov/ “Gazeta.uz”

    “Bizning bozorda talab taklifdan juda ortiq. Agar aholining avtomobillarga egalik darajasini hisoblasak, 1000 kishiga 70 ta avtomobil to‘g‘ri keladi. Qo‘shni Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 217 tani tashkil etadi. Agar zavodlarimiz to‘liq quvvatda ishlasa va yiliga 300 mingta mashina sotsa, ularni ortda qoldirishimiz uchun 13 yil kerak bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich bozorimiz qanchalik ‘och qolgani’ni ko‘rsatadi”, — dedi u.

    Shavkat Umurzoqov avtomobillar taqchilligi sun’iy ravishda vujudga kelganini, bunga qasddan kerakli miqdordagi avtomobillar ishlab chiqarilmagani sabab bo‘lganini ta’kidladi.

    “Avtomobil sotib olish uchun shartnomalarning kam miqdorda tuzilishi korrupsion tuzilmalar va boshqa sabablar bilan bog‘liq. Biz oylik ishlab chiqarish hajmini ikki marta — 26−27 mingtagacha oshirdik, bu avvalgi oylarga qaraganda 120 foizga ko‘p demakdir”, — dedi u.

    GM Uzbekistan dilerlari bilan ishlashda vaqtinchalik “qo‘lda boshqarish”ga o‘tildi, dedi Shavkat Umurzoqov.

    “Har kuni ertalab biz ularga limit beramiz, shartnomalar yo‘qligi sabablarini so‘raymiz. Kim samarasiz ishlayotgan bo‘lsa, uning limitini kamaytiramiz va uni kim yaxshi sotayotgan bo‘lsa, o‘shalarga beramiz. Dilerlar mijozlar orqasidan quvishiga o‘rganib qolganga o‘xshaydi, ular biz ishlab chiqarish hajmini oshirayotganimizga ishonishmayapti. Mijozlar uchun ishlash kerak, hammasi shaffof bo‘lishi kerak”, — dedi “O‘zavtosanoat” rahbari.

    “O‘zavtosanoat”ning maxsus ishchi guruhi avtosalonlarni tekshirish vaqtida ariza berilmagan turib qolgan avtomobillarni avtobozorga chiqarilayotganini aniqladi.

    “Uchta yoki to‘rtta avtosalonda bir kunda turib qolgan 100 ta mashina aniqlandi. Avtosalonlarda esa 80 taga yaqini turibdi. Dilerlarda mashina bor, navbat hosil qilinmoqda, ular shunchaki sotishmayapti. ‘Shapka’ kutishadi. Ariza yo‘q deyishadi. Shuning uchun biz, modomiki ular o‘z ishlarini eplay olmas ekan bu mashinalarni bozorga olib chiqib, ularni o‘sha yerda sotishga qaror qildik”, — dedi u.

    Yaqin vaqtlarda dilerlar bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun mobil qurilmalarda ham ishlaydigan maxsus dastur ishga tushiriladi.

    “Barcha jarayonlar nazorat ostida bo‘ladi, hech kimga navbatsiz mashina berishning imkoni bo‘lmaydi. Shartnoma tuzish uchun arizalar bo‘lmaydi, mijoz darhol shartnoma tuzadi. Har bir mashina xaridorga biriktiriladi va u o‘z avtomobilini qachon olishini aniq biladi. Mijozning o‘zi dilerni tanlay oladi va bu avtosalonlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, dilerlar xaridorni jalb qilishga harakat qiladi”, — izoh berdi kompaniya rahbari.

    Shavkat Umurzoqov yangi tizim bilan faqatgina “sog‘lom dilerlar” qolishiga ishonch bildirdi. “Bizning avtodilerlar — avtodilerlar emas. Ular o‘z vazifalarini bajarmayapti. Bu yer avtomobillarni tarqatadigan joy. Ular GM Uzbekistan’ga nega kerak o‘zi? Ular mashinalarni ko‘rsatmaydi, test-drayvlar taqdim etmaydi, hech narsa qilmaydi. Bizning qarorimiz ularni o‘z ustida ishlashiga qaratilgan”, — dedi u.

    Soxta navbatlar haqida so‘zlar ekan, “O‘zavtosanoat” rahbari avval bir kunda o‘rtacha 30 ta soxta ariza aniqlangan bo‘lsa, hozir 1000 dan ortiq ekanini ma’lum qildi.

    “Bir kishi 10−20 talab avtosalonda navbatga turgan holatlar ham uchrayapti. Navbat yaqinlashishi bilan u mijoz izlashni boshlaydi, ularning puli bilan mashinani sotib oladi va ishonchnoma bilan ularga sotadi. Bu odamlar dilerlar. Biz bunday odamlarni navbatlardan o‘chiramiz, natijada avtomobillarni yetkazib berish muddatlari qisqaradi va bizda haqiqiy navbatlar, haqiqiy mijozlar bo‘ladi”, — dedi u.

    2019 yilda kompaniya xaridor to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng darhol mashinasiga ega bo‘lishi uchun navbatlarni yo‘qotishni maqsad qilgan. “2019 yilning ikkinchi yarmiga qadar bunday ajiotaj bo‘lmaydi. Ha, ayrim avtomobillarni xususiyatlari va talabgirligiga bog‘liq ravishda bir oz muddat bilan kechroq yetkazib berishga to‘g‘ri keladi, biroq bu vaqt chegarasi hozirgidek uzoq bo‘lmaydi”, — deya ishonch bildirdi shavkat Umurzoqov.

    Kompaniya sun’iy taqchillik, katta navbatlar va qimmat avtomobillarni keltirib chiqargan “shapkali tizim”ni yo‘qotmoqda, dedi u.

    ‘Men uchun korrupsiya, bu — o‘zimiz yaratayotgan omillar. Korrupsiyalashgan sxemalar bor, to‘g‘ri ishlash uchun biz ularni yo‘q qilamiz. Bu sun’iy taqchillik, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanmaslik, tan narxni oshirish. Shular sababli odamlar ikki-uch yil haydagan mashinasini salondagi mashinadan ko‘ra qimmatroqqa sota olishdi. Endi ‘shapka’lar bo‘lmaydi, biz buni siqib chiqaramiz’, — deya ta’kidladi ‘O‘zavtosanoat’ raisi.
    Shavkat Umurzoqov qayerda qandaydir imtiyoz va preferensiyalar bo‘lsa, o‘sha yerda katta ehtimol bilan korrupsiya ham bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

    “Imtiyozlar turlicha bo‘ladi. Dilerlarni limitlash, bu — ‘shapka’. Bu ayrim dilerlar turli model, har xil rangdagi mashinalarni turlicha hajmda olganda paydo bo‘ladi. Korrupsion tuzilma qanday paydo bo‘ladi: barcha dilerlar bu yil biz qancha mashina ishlab chiqarishimizni bilishadi, shundan kelib chiqib ular xayolida qanday ‘shapka’ni hisoblash kerakligini hisobini qiladi. Endi taqsimlash va ‘imtiyozli dilerlar’ bo‘lmadi, mijozning o‘zi dilerni tanlaydi”, — dedi u.

    23.09.2018, 15:39   Izoh (0)   44412
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yarim yil davomida O‘zbekistonga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi

    23.09.2018, 15:05

    Qurolli Kuchlar muzeyida bolajonlar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi (foto)

    23.09.2018, 14:00

    Foto: Farg‘onada “Avtomobilsiz kun” aksiyasi start oldi

    23.09.2018, 13:20

    Navoiyda yo‘lovchi tashuvchi avtotransportlar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi (foto)

    23.09.2018, 12:00

    Jizzaxda MIB tomonidan 8 oyda 371 mln so‘mlik aliment undirildi

    23.09.2018, 11:40

    Toshkent shahar soliq boshqarmasi xronometraj tushunchasiga izoh berdi

    23.09.2018, 11:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20

    Air India aviahalokatida halok bo‘lganlarning oilalariga boshqa odamlarning jasadlari yuborilmoqda — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 21:10

    “PSJ” Rodrigo uchun kurashga kirdi

    Sport | 23 iyul, 20:55

    Andijonda 13,8 mlrd, Farg‘onada 6,1 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 20:51

    “Yo‘q deyishdan oldin taklifini ko‘raylik” — Aziz Abduhakimov Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi hujjatlari hali topshirilmaganini aytdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 20:35

    Og‘ir o‘tgan bolalik, Biberning xiyonati, buyrak ko‘chirib o‘tkazish va paranoyya: Selena Gomesning mashaqqatli hayot yo‘li haqida

    Shou-biznes | 23 iyul, 20:24

    Kolumbiya universiteti namoyishlar uchun 80 nafar talabani jazoladi

    Dunyo | 23 iyul, 20:17

    Xitoyda 280 Gbit/s tezlikdagi 6G internet sinovdan o‘tkazildi

    Dunyo | 23 iyul, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.