Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Toshkent kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur tadbir o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i N. Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburgda bo‘lib turibdi.
Hozirda delegatsiya a’zolari shahar hukumatining MDH mamlakatlari va RF hududlari boshqarmasi boshlig‘i Ye.Kassyura bilan uchrashib, asosiy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni ko‘zdan kechirmoqda.
Izoh (0)