“Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 20-sentabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi, tergov guruhi tergovchisi mayor D.R. tuman IIB boshlig‘iga axborot bergan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
“Shu kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qarshi shahrida yashovchi Sh.S. giyohvandlik moddasini saqlashda gumonlanib tuman IIBda ushlab turilgan akasi R.S.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, ehtiyot chorasi qo‘llamay ishni ijobiy hal qilib berish evaziga Qamashi tumani Iftixor ko‘chasida mayor D.R.ga 10 million so‘m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan”, —deyiladi xabarda
Holat yuzasidan Sh.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda.
Izoh (0)