Hukumat qarori bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarining formali kiyimi va farqlash belgilari namunalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Formali kiyim va farqlash belgilari bilan ta’minlash qo‘mita tizimiga kiruvchi idoraviy mansub davlat unitar korxonalari xodimlariga tatbiq etilmaydi.
Qo‘mita tizimi xodimlarining formali kiyimi va farqlash belgilari namunalari quyida keltirilgan.
Izoh (0)