Joriy yilning 22—23 sentabr kunlari Toshkentdagi Universal sport majmuasida taekvondo WTF bo‘yicha Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Bahslarda O‘zbekistonning turli hududlaridan 350 nafardan ortiq saralangan sportchilar ishtirok etadi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 22-sentabr kuni soat 11:00 da Taekvondo WTF assotsiatsiyasiga qarashli Universal sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimida Janubiy Koreyaning jahonga mashhur “Kukkivon” taekvondo markazi vakillari tomonidan tayyorlangan shou, ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etiladi.
Izoh (0)