Kecha, 19-sentabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi 1-turi doirasida “Real” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qilib 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa madridliklar Yevrokuboklardagi uy uchrashuvlarida ketma-ket 43-o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Avvalgi rekord Londonning “Tottenhem” jamoasiga tegishli edi. “Shporlar” 1961-yildan 1984-yilga qadar Yevrokuboklardagi 42 ta uy uchrashuvida ketma-ket gol urgandi.
Shuningdek, “Real” sardori “Roma”ga qarshi o‘yinda sariq kartochka oldi. Bu uning YChLdagi 37-sariq kartochkasi bo‘ldi. 32 yoshli Ramos natijada undan oldingi rekord sohibi Pol Skoulzni quvib o‘tdi. Pol hisobida shu kunga qadar 36 ta sariq kartochka mavjud edi.
Izoh (0)