Bugun, 20-sentabr sanasida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha 32-Jahon chempionati start oladi.
Jahonning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin ziyod sportchi ishtirok etadigan musobaqada o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Bugun ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi musobaqada medallar uchun kurashga chiqadi. Erkaklar o‘rtasida Sharofiddin Lutfullayev (-60kg) gilamga chiqsa, ayollar o‘rtasidagi bahslarda Marjona Salohiddinova (-48kg) o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
- -60kg: Sharofiddin Lutfullayev
- -66kg: Sardor Nurullayev
- -73kg: Hikmatullo To‘rayev, G‘iyosjon Boboyev
- -81kg: Sharofiddin Boltaboyev
- -90kg: Davlat Bobonov
- -100kg: Muhammadkarim Xurramov, Sherali Jo‘rayev
- +100kg: Bekmurod Oltiboyev
- -48kg: Marjona Salohiddinova
- -52kg: Gulnoza Ziyayeva
- -57kg: Amina Mamedova
- -70kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova
- -78kg: Nodira Yo‘ldasheva
Izoh (0)