Samarqandda joriy yil 17-sentabr kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yil avgust oyida Juyichuqur mahallasida yashovchi A.G‘. tanishi J.J.ni Kanadaga ishlash uchun jo‘natishni va’da qilib, qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldiradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U xizmati uchun 11 000 dollar olib, va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
A.G‘. ushlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)