Bugun, 19-sentabr sanasida O‘zbekiston Kubogining 1/4 final uchrashuvlari yakunlanadi.
Hozircha yarim finalning dastlabki ikki ishtirokchisi ma’lum: “Qo‘qon-1912” va “Paxtakor”.
Bugun “Bunyodkor” yarim final yo‘llanmasi uchun safarda “Andijon” bilan kurash olib boradi, bahs 18:00 da boshlanishi belgilangan.
Yarim finalning so‘nggi yo‘llanmasi uchun Olmaliqda AGMK Muborakning “Mash’al” jamoasiga qarshi bahs yuritadi. O‘yin 20:00 da boshlanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun reglamentga ko‘ra chorak final bahslari bitta uchrashuvdan iborat. Yarim final uchun alohida qur’a tashlash bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Kubogi
1/4 final bellashuvlari
19-sentabr, chorshanba
“Andijon” – “Bunyodkor” 18:00
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G‘ayrat Jo‘rayev.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.
Komissar: Ma’mur Saidqosimov.
AGMK – “Mash’al” 20:00
Hakamlar: Asker Najafaliyev, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Avazbek Abdullayev, Sultonmurod Abdurahmonov.
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Izoh (0)