Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga Il-20 harbiy samolyotining halokati yuzasidan hamdardlik bildirib, telegramma jo‘natdi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
Asad respublikada terrorizmga qarshi kurashda qatnashgan rus harbiy xizmatchilari azob-uqubatda va qahramonlarcha halok bo‘lganini ta’kidladi.
“Bu baxtsiz hodisa — Isroilning odatiy takabburligi va manmanligi oqibati, u o‘zining razil maqsadlariga erishish uchun doim nopok vositalardan foydalanadi”, — deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Il-20 samolyoti Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shiniga tegishli S-200 qiruvchi raketasi yordamida urib tushirildi.
Izoh (0)