AQSh prezidenti Donald Tramp 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan teraktlardan keyin joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Davlat rahbari tomonidan kongressning ikkala palatasi rahbarlariga yuborilgan maktubda ta’kidlanishicha, AQSh milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun favqulodda xavf saqlanib qolmoqda.
Shu munosabat bilan AQSh prezidenti terrorizmni amalga oshiruvchi, amalga oshirish bilan tahdid qiluvchi va uni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarga nisbatan e’lon qilingan farmonda ko‘rsatilgan favqulodda holatni yana bir yilga cho‘zishni zarur deb hisoblagan.
2001-yil 11-sentabrda amalga oshirilgan teraktlar AQSh tarixidagi eng yirigi bo‘lgan. Terrorchilar bir nechta yo‘lovchi samolyotni egallab olgan hamda ularni Nyu-Yorkdagi osmono‘par binolarga va Pentagon binosiga yo‘naltirgan, bitta samolyot Pensilvaniyada qulagan. Terakt oqibatida uch mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)