Kabardin-Bolqor Respubikasining Elbrus tumanidagi Kendelen qishlog‘ida yuz bergan tartibsizliklarni videoga olishdi. Rolikni “Rossiya 24” telekanali e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
To‘qnashuvlar mahalliy aholi Kanjal urushining 310 yilligi sharafiga tashkil etilgan otliqlar marshi ishtirokchilarini to‘xtatganidan keyin sodir bo‘ldi. Voqea joyiga politsiya va Rosgvardiya kuchlarini jamlashdi.
“Yaqin orada tartibsizliklarni boshlab berganlar aniqlanadi va jinoyat ishi ochiladi”, — deyishdi tergov boshqarmasida.
To‘qnashuvlar tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqlarga hodisa haqidagi ishonchsiz ma’lumotni joylash va millatlar orasida dushmanlik qo‘zg‘atish orqali nizoni keltirib chiqarmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)