Toshkent shahridagi gaz ballonlari bilan jihozlangan avtobuslarda bexavotir harakatlanish mumkin, vahimaga o‘rin yo‘q. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Kompaniya balansidagi avtobuslar haftada ikki bor — seshanba va juma kunlari texnik ko‘rikdan o‘tadi. Yilda bir marotaba kapital tekshiruv o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtda harakatlanayotgan jamoat transportidan foydalanishda hech qanday xavf yo‘q”, — deya ta’kidlagan matbuot xizmati vakillari.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov gaz ballonli avtotransport va gaz to‘ldirish stansiyalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishga ko‘rsatma bergani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)