Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing samolyotini 2014-yil iyulida Donbass osmonida urib tushirgan raketa 1986-yilda Moskva viloyatining Dolgoprudniy shahridagi korxonda tayyorlangan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Fojia joyida topilgan snaryad bo‘laklaridan uning bort raqamini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. 1986-yilda raketa Ukrainaning Lvov viloyatidagi Striy shahrida joylashgan harbiy qismga yuboriladi. Shundan so‘ng raketa Rossiya hududiga qaytarilmagan.
Vazirlik hodisa tafsilotlarini o‘rganayotgan xalqaro tergov guruhi mazkur raketaga taalluqli avval maxfiy bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishi mumkinligini bildirdi.
Izoh (0)