Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Markaz direktori Bahromjon Abdurahimovning aytishicha, hozirda muassasada tasviriy san’at, folklor, texnik modellashtirish, karving, raqs kabi 28 turdagi to‘garak faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018/2019-o‘quv yili davomida esa ularning sonini 35-40 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
O‘tgan o‘quv yilida markazga 2000 dan ortiq yoshlar jalb qilingan bo‘lsa, joriy mavsumda bu ko‘rsatkich 2 barobar oshirilishi rejalashtirilgan.
— Bu yerda 2 yildan buyon ekologiya to‘garagida shug‘ullanib kelaman. Yaqinda o‘tkazilgan “Yashil sayyoramiz taqdiri o‘z qo‘limizda” respublika tanlovida sovrindor bo‘lib qaytdim. Bu katta yutuqlarimga debocha bo‘ladi deb o‘ylayman, — deydi shug‘ullanuvchilardan biri Asadbek Murodov.
Izoh (0)