Buxoro viloyatining Kogon shahrida 14-sentabr kuni shahar IIB xodimi o‘z rahbariga axborot berib, unda bir fuqaro unga pora taklif qilayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 9-sentabr kuni muqaddam sudlangan fuqaro U.S. Kogondagi oshxonalarning biri oldida fuqarolar bilan janjallashgan. Bu holat bo‘yicha militsiya xodimi undan tushuntirish xati yozib berishni so‘ragan, U.S. esa ishni qonuniy chora ko‘rmasdan yopishni so‘rab, evaziga 500 ming so‘m pul pora sifatida taklif qilgan.
“Mazkur axborot yuzasidan viloyat IIB va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida U.S. xodimga xizmat xonasida 500 ming so‘m pulni pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan”, — deyiladi IIV axboroitda.
Xabar berishlaricha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)