Yagona umumrespublika protsessing markazi tizimida 15-sentabr, kechki soat 18:52 da texnik nosozlik kuzatildi. Bu haqda “Daryo”ga Uzcard ma’muriyati ma’lum qildi.
Markaz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda. Tizim mobil to‘lov tizimlari orqali pul mablag‘lariga tegishli ma’lumotni taqdim eta olmayapti.
“Pul mablag‘lariga tegishli barcha ma’lumotlar havfsiz holatda saqlanmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi ma’muriyat xabarida.
Izoh (0)