Baxtiyor Jumayev Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, “Davlat belgisi” qimmatli qog‘ozlar, pasport qog‘ozlari, aksiz markalar uchun va pul bosiladigan qog‘ozlar, banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari to‘plami, esdalik nishonlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi birlashma hisoblanadi.
Izoh (0)