O‘zbekiston yoshlar ittifoqida tuzilgan maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda san’at, fan, madaniyat, ishlab chiqarish, sport sohalarida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Maslahat kengashi kun tartibida qator masalalar qo‘yildi. Dastlab 4 oylik ish rejasi muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shundan so‘ng kengashi qoshida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Tarbiya” jurnalini tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Jurnal mazmun-mohiyati kengash a’zolari o‘rtasida muhokama qilindi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni qayta adashib qolmasligini oldini olish maqsadida mahalliy kengashlar qoshidagi maslahat kengashi a’zolari profilaktik ro‘yxatda turgan yoshlarga mas’ul etib biriktiriladi. Qolaversa, kengash a’zolari yoshlarni kitobxonlikka qaytarishning an’anaviy va zamonaviy usullarini ham ishlab chiqishni rejalashtirgan.
Izoh (0)