TATU talabasi Muhammadali Kalonov O‘zbekistondagi ilk aqlli sumkani yaratdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining "Yangi davr" dasturiga tayanib, Uz24 xabar berdi.
Ixtiro muallifining so‘zlariga ko‘ra, ushbu sumka orqali ota-ona o‘z farzandining qayerda ekanidan boxabar bo‘lib turadi.
Buning uchun sumkaga sim-karta joylashtiriladi va kerakli raqamlar kiritiladi. Sumkadagi qurilmada maxsus dastur o‘rnatilgan bo‘lib, u dastlab qo‘ng‘iroqni aniqlaydi. Keyin qo‘ng‘iroqlarga javob tariqasida manzilni SMS tarzida yuboradi.
Izoh (0)