Samsung kompaniyasi yangi smartfonini buyuk olim Leonardo da Vinchi xotirasiga bag‘ishlaydi, deb yozadi “VistaNews.ru”.
Galaxy Note X nomini oladigan smartfon Vinchiga bag‘ishlanishi kutilmoqda.
Smartfon yaqin kunlarda omma e’tiboriga havola etiladi. Biroq u haqidagi bironta ma’lumot hozirgacha oshkor etilmagan.
Dizaynerlarning fikricha, smartfonning tashqi ko‘rinishida katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Taxminlarga ko‘ra yangi smartfon tashqi ko‘rinishi bilan Samsung Galaxy Note 9’ga o‘xshash bo‘ladi.
Izoh (0)