Bir nechta mamlakatda Instagram’ning mobil dasturi foydalanuvchilari xizmat ishida uzilishlarga duch keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, dastur ishidagi uzilish Toshkent vaqti bilan 16:57 da yuz bergan. Xizmat ishidagi muammolar haqida Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar xabar bergan.
Instagram foydalanuvchilarining 56 foizi yangiliklar tasmasining yuklanmasligidan shikoyat qilgan, 26 foizi esa akkauntga kirishda muammoga duch kelgan, 27 foiz holatda veb saytga kirish bilan muammolar kuzatilgan.
Izoh (0)