Ishbilarmon Ilon Mask elektr samolyotning yaratilishi haqida gapirib berdi. Maskning ma’lum qilishicha, unda uchish apparatining dizayni mavjud. Bu haqda “Korrespondent.net“ xabar berdi.
Maskning fikriga ko‘ra, elektr samolyot zamonaviy havo kemalarini ortda qoldiradi. U vertikal uchish va qo‘nishga qodir bo‘ladi, shuningdek katta balandliklarda tovushdan tez parvozlarni amalga oshira oladi.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, ishlanma ayni paytda ustuvor yo‘nalish hisoblanmaydi. Buning sababi shundaki, elektr avtomobillar va quyosh energiyasi tovushdan tez elektr samolyot yaratishdan ko‘ra muhimroq sanaladi.
Izoh (0)