Niderlandiyaning Zvolle shahrida qayta ishlangan plastikdan qurilgan yo‘l sinov tariqasida velosipedchilar uchun ochildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Qoplama foydalanilgan plastik butilkalardan tayyorlangan. Hozircha yo‘lning 30 metr qismi bu qoplama bilan yopilgan.
Qoplama yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, u yo‘lga tez o‘rnatiladi, qizib ketishning oldini olish tizimiga ega, ichki qismidan esa elektr va aloqa simlarini o‘tkazish mumkin.
Izoh (0)