Buzg‘unchilar Windows operatsion tizimidagi ishlab chiqarishda paydo bo‘lgan va bartaraf etilmagan zaiflikdan faol ravishda foydalanadi. Hujumlar oqibatida Rossiya, Ukraina, Polsha, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Hindiston, Chili va Filippindagi foydalanuvchilar zarar ko‘radi. Bu haqda ESET kompaniyasi ma’lum qildi.
Zaiflik 27-avgust kuni aniqlangan. U operatsion tizimning 7—10-versiyalariga taalluqli va Windows topshiriqlarini rejalashtiruvchining ishi bilan bog‘liq.
Zaiflik haqida ma’lum qilinganidan keyin mutaxassislar undan PowerPool kiberguruhi maqsadli hujumlarda foydalanishini aniqladi. PowerPool hujumlariga cheklangan foydalanuvchilar uchraydi. Biroq ular trendlarni kuzatib boradi va yangi eksploytlarni joriy qiladi.
Hujum qurbonlari zarar yetkazuvchi xat oladi. Uning ichidagi dastur razvedka vazifasini bajaradi, kompyuterga tushgan dastur xakerlar buyruqlarini bajaradi va qurilmada yig‘ilgan ma’lumotlarni ularga jo‘natadi. Agar kompyuterdagi ma’lumotlar xakerlarni qiziqtirsa, ular ikkinchi bosqich dasturini o‘rnatadi va tizimni doimiy boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)