“O‘zbektelekom” kompaniyasi UzCard’dagi nosozlikka aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirilgan.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi UzCard tizimi faoliyatidagi nosozlikka aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi. Kompaniyaning ma’lumot uzatish tarmoqlari odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda”, — deyiladi “O‘zbektelekom” bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, UzCard tizimida 15-sentabr kuni soat 18:52 dan boshlab nosozliklar kuzatilmoqda — POS, E-POS terminallar va ATM qurilmalar protsessing markazi bilan ulana olmayapti, shu sabab plastik karta egalari to‘lovlarni amalga oshira olmayapti.
UzCard yuzaga kelgan “vaqtinchalik noqulayliklar” uchun uzr so‘rab, kompaniya mutaxassislari nosozliklarni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ishga solayotganini ma’lum qildi. Tizim faoliyatini qayta tiklash uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)