Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

SpaceX Oy atrofi bo‘ylab birinchi sayyohlik parvozlarini 2019-yilga qoldirishini ma’lum qildi. Ilon Maskning kosmik kompaniyasi Dragon kemasida ikki nafar sayyohni 2017-yil oxiriga qadar uchirishni rejalashtirgan edi, deb yozmoqda TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

SpaceX vakilining so‘zlariga ko‘ra, Oyga sayohat uchun qiziqish “faqat o‘smoqda” va kompaniya sayyohlarni jo‘natishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Biroq, The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, parvoz kamida 2019-yilning o‘rtasiga qadar qoldirilgan.

2017-yilning fevral oyida Mask ikki nafar sayyoh allaqachon Dragon’da Oyga parvoz uchun to‘lovlarni amalga oshirganini ma’lum qilgan. Ishtirokchilarning ismlari oshkor qilinmagan, shuningdek, ularning parvozga tayyorgarlikni boshlagani haqida ham ma’lumot yo‘q.

Shu bilan bir vaqtda, SpaceX 2018-yil bilan taqqoslaganda parvozlar sonini 40 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu katta xususiy yo‘ldoshlarni uchirish uchun talabning yetarli emasligi va yirik eltuvchi raketa Falcon Heavy’ga talabning pastligi bilan bog‘langan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)