• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshidagi “Otchopar” mahallasida yashovchilar iflos suvni ichishga majbur bo‘lmoqda

    Qarshi shahrining “Otchopar” mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar hududda ichimlik suvi, elektr tokining barqaror ishlamayotganligi, xonadonlarda gaz ta’minotidagi muntazam uzilishlar, ichki yo‘llarning nosozligi, aholi xonadonlari hujjatlarining rasmiylashtirilib berilmayotganligi hamda “Obod qishloq” dasturiga kirgan salkam 12 000 nafar aholi istiqomat qilayotgan “Otchopar”da birorta ham bog‘cha faoliyat yuritmayotganligi, hududda atigi bitta 44-sonli maktabda 2068 xonadon farzandlariga ta’lim-tarbiya berilayotganligi va shu kabi muammmolar aholini ko‘pdan beri qiynab kelayotganligini bildirib “Daryo”ga xat yo‘lladi. “Daryo”ning Qashqadaryodagi muxbiri Vohid Ahmedov ushbu holat yuzasidan surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aslida, “Otchopar” mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilishi kerak edi. Ammo, ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yildi, amalga oshirilganlari ham haminqadar bajarildi.

    Xo‘sh, nega? Masalan, “Mustaqillik” massividagi ayrim ko‘chalarga shag‘al yotqizilgan aksariyati esa o‘z holicha qolgan. Ichimlik suvi quvuri yotqizish uchun ko‘chalarda olib borilgan qazuv ishlari, mana oradan ancha qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, xalq iborasi bilan aytganda hamon “o‘lda jo‘lda” bo‘lib yotibdi.

    “Mashinada harakatlanishning sira imkoni yo‘q, hamma yoq kovlab tashlangan. Buning ustiga aholi yo‘l bo‘yida uyulib yotgan tuproq ustiga maishiy va boshqa chiqindilarni tashlab, axlatxonaga aylantirgan. Mahallamizda 2068 xonadon mavjud, 12 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ko‘rib turganingizdek, yo‘llarimiz avariya holatida. Maktabgacha ta’lim muassasasi, vrachlik punkti yo‘q. Umumta’lim maktabi esa ta’mirga muhtoj. Mahallamizda na do‘kon va  na bolalar maydonchasi bor”, — deydi mahalla raisi Farmon Xolmurodov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mahallamizdagi ayrim bolalar gijja kasalligi tufayli aziyat chekishadi. Sababi suvimiz iflos. Imkoniyati borlari uyida hovuz qurib 50—60 ming so‘mga hovuzini to‘ldirib suv ichayotgan bo‘lsa, imkoniyati yo‘qlar esa uyida ‘kachalka’ qurdirib chorvaga ham berib bo‘lmaydigan suvni iste’mol qilishmoqda. Qachongacha suvning zararligini hatto qaynatgandan so‘ng ham iste’molga yaroqsizligini bila turib ichishga majbur bo‘lamiz? Nega minglab odamlar zararli suvni ichyapti-yu, hech kimning bu bilan sira ishi yo‘q ?

    O‘g‘lim bir hafta sog‘ bo‘lsa, bir hafta ‘qornim og‘riyapti’ deya bezovtalanadi, shifoxonaga olib borsak: ‘Kasallikning sababi ichirayotgan suvingiz tufayli. Bu suvni qaynatib ham bermanglar, toza ichimlik suvi sotib olinglar’ deydi shifokorlar. Bir mashina toza ichimlik suvining narxi Otchoparda 50—60 ming so‘m .

    Tasavvur qiling - yoz kunlarida ko‘p bolali oilalar uchun qancha toza ichimlik suvi sarflanadi? Yengil avtoulovi borlar shahar markazidan katta idishlarda suv olib kelib ichishadi, mashinasi yo‘qlar nima qilsin?”, —, deydi o‘zini Muyassar Ergasheva deb tanishtirgan onaxon.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shu paytga qadar tegishli mas’ul idoralarga shikoyat qilmadingizmi ? – degan murojaatimizga onaxondan achchiq bir haqiqat javobni eshitdik:

    “Prezidentimiz tashabbusi bilan bizning mahallamiz ham ‘Obod qishloq’ dasturiga kirgan. Ammo ayrim mahalliy rahbarlarga bu hujjat hali yetib kelmagan shekilli?! Yo‘qsa, maxsus dasturga kiritilgan mahallaga biror marta bo‘lsa-da, ‘qadam ranjida’ qilisharmidi, deymanda. Yo‘llarni o‘zimiz xonadonlardan pul yig‘ib, ta’mirlayapmiz. Shahar markaziga avtobus qatnovi ham yo‘lga qo‘yilmagan. Mahallamizda raislar shunchalik tez-tez almashadiki, shikoyatlar yechimiga yetib bormaymiz ham. Buning ustiga qaysi birini aytib, qaysi bir shikoyatga javob topishingni bilmaysan kishi. Umid qilamizki mahallamizga yaqindagina rais bo‘lib saylangan Farmon Xolmurodov qalashib yotgan muammolarimizni hal qilib berar!”

    Biz onaxonning so‘zlaridan keyin mahalla raisi Farmon Xolmurodovni savolga tutdik.

    Mahalla raisining bildirishicha, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Otchopar” mahallasi 2019-yil yanvarida toza ichimlik suviga ulanar ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Biz ayni paytda mahallaning “Behbudiy” ko‘chasidan tortib, “Mustaqillik” massiviga qadar suv quvurlari yotqizish uchun qazish ishlarini boshlab yuborganmiz – deydi mahalla raisi F. Xolmurodov.

    Nima bo‘lganda ham mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kerak, bu muammolar tezroq bartaraf etiladi degan umidda mahallaning ichki ko‘chalari tomon kirib bordik.

    Darhaqiqat, “Otchopar” mahallasining “Mustaqillik” massivida ahvol ancha og‘ir. Bu yer nafaqat ichimlik suvi balki gaz tarmog‘idan ham uzilib qolgan. Aholi gaz o‘rnida hovlisidagi mevali ko‘p yillik serhosil daraxtlarni kesib yoqilg‘i sifatida ishlatib kelishmoqda. Vaholanki, bir necha metr masofadan gaz quvuri o‘tgan. Mahalliy aholi ushbu masala bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilishganida gazni 2019 yilda ulab beramiz degan javobni olishgan. “Otchopar” mahallasi Qarshi - Shahrisabz yo‘lining o‘ng qismida joylashgan. Mahallaning markaziy trassaga yaqin va ichki qismlari gaz bilan ta’minlangan. Ammo, mahallaning Mustaqillik massivi aholisining ayrim xonadonlari tabiiy gazdan batamom mosuvo qilingan.

    Bunga sabab sifatida, ularga gaz loyihasi yo‘qligi va gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududda joylashgani aytilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Holbuki, mahallaning markaziy qismida gaz bosimi yuqori va aholi undan beminnat foydalanib turibdi.

    O‘z-o‘zidan tabiiy savol tug‘iladi: Faraz qiling gaz bosimi juda yuqori bo‘lib turgan ko‘cha bilan, gaz ta’minoti yetib bormagan ko‘chalarning orasidagi masofa 100—150 metrni tashkil etadi. Gaz quvuri yetib bormagan uylar esa gaz bor uylar bilan shundoqqina qarama –qarshi turibdi. Xo‘sh bu ko‘chalarga gaz yetib borishi qiyin deganda nimani tushunish mumkin?

    Yoz kunlariniku bir amallab, o‘tin, tappi yoqib o‘tkazish mumkin. Tasavvur qiling bu ko‘chalardagi xonadonlar qish faslini sovuq uylarda qanday o‘tkazishi mumkin?

    Biz shu o‘rinda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasini ham o‘rgandik. Ya’ni, xonadonlarga gaz ballonlar taqsimoti. 10- sentyabr holatiga ko‘ra, “Mustaqillik” massiviga gaz ballonlari so‘nggi bora 1-avgust kuni deyarli bir yarim oy oldin tarqatilgan. To‘ldirilgan gaz ballonlarining sig‘imi hech kimni qoniqtirmaydi tezda tugab qoladi. Shundan so‘ng aholi gaz ballonlarini qimmat narxlarda, xususiy gaz quyish shaxobchalaridan to‘ldirib kelishga majbur bo‘ladi.

    “Bilasizmi 15000  so‘mga to‘ldirilgan gaz ballonlari yarim oyga ham yetmaydi. Majburmiz gaz quyib beruvchi shaxobchalaridan sotib olishga. 50-60 ming so‘m atrofida bo‘lsa-da 2 (ikki) oydan ziyodroq foydalanamiz”, – deydi, “Otchopar” mahallasidagi yosh bir oila sohibi o‘zini Anvar deya tanishtirgan kishi.

    Yurtimizda bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlarni televizorda ko‘rib, bizga ham shunday sharoitlar kelib qolarmikan, deb havas qilib o‘tiramiz, deya so‘ziga qo‘shimcha qilib qo‘ydi suhbatdoshimiz biz bilan xayrlashib. Darhaqiqat, mahalla ahli dastur asosida qilinishi lozim bo‘lgan obodonchilik borasidagi sustkashliklardan norozi. Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Yoshlik” saylov okrugidan saylangan deputat Jamila To‘raqulova bilan bog‘landik.

    – “Otchopar” mahallasi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan, – deydi J.To‘raqulova—Haqiqatan ham, har kim o‘z ishiga tanqidiy baho bersagina muvaffaqiyatga erishadi. Shu nuqtai nazardan, ochig‘ini aytsam, biz ham ancha sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. Mahallada muammolar yechimini topishga harakat qilyapmiz. Ayni paytda mahalla aholisi bizga ko‘makdosh bo‘lmoqda. Bizdan talab qilinadigani yanada ko‘proq mehnat qilish va barcha vazifalarni o‘z muddatida bajarish.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    To‘g‘ri, deputat obodonchilik ishlaridagi sustkashlikni inkor etmadi. Lekin, bu bilan masala hal bo‘lib qolganicha ham yo‘q. Hududdda bolalar bog‘chasi yo‘q. Bolajonlar bog‘cha ko‘rmasdan to‘g‘ri maktabga borishadi. Vaholanki, bolaning bilimi va tafakkuri kengayishida, iste’dod va salohiyatini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasining o‘rni katta. Mahallada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan biror bir muassasa faoliyat yuritmaydi. Dastur bo‘yicha mahallada bir qator madaniy-maishiy obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Lekin hanuzgacha qurilishi u yoqda tursin, hatto quriladigan joylari ham aniq emas. Mahallada 44-umumta’lim maktabi mavjud. Ammo, maktab ham foydalanishga yaroqsiz holda. Devorlari zax tortgan, ba’zi joylari nurab ketgan.

    “Shahar hokimligiga bir necha bor murojaat qildik, foydasi bo‘lmadi” – deydi mahalladagi keksa o‘qituvchi Tamara Azizova.

    “Obod qishloq” dasturi doirasida shahar hokimligi bu masalani ijobiy hal qiladi degan o‘y –fikrdamiz. To‘g‘ri, dastur doirasidagi ishlar boshlanganiga ko‘p vaqt o‘tdi. Demak, mutasaddi rahbarlardan tashkilotchilik va fidoyilik endi ko‘proq talab etiladi.

    Albatta, aholining o‘ziga bog‘liq masalalar ham kam emas. Masalan, ayrim fuqarolar o‘z uyini obod qilishi, turmushini yanada yaxshilashi o‘rniga “bizga shu ham bo‘laveradi”, qabilida eskicha qarashlar bilan yashayotganini qanday tushunish mumkin? Uylar atrofiga turli maishiy chiqindilar tashlangan, uylar betartib qurib tashlangan. Qarovsizlikdan qamishzorga aylangan tomorqa ham bo‘m-bo‘sh. Bunga suv yetishmasligini ro‘kach qilishadi. To‘g‘ri, suv kam, hech kim buni inkor etmaydi. Lekin tomorqasida turli daraxtlar baravj o‘sayotgan, turfa gullar ekilgan hovlilar ham bor-ku!? Demak, gap odamning o‘zida, xonadoni obod, turmushi farovon bo‘lishi oilalarning o‘ziga ham bog‘liq ekan-da. Achinarlisi, ayrim yurtdoshlarimiz hamon boqimandalik kayfiyatidan xalos bo‘lolmagan. O‘zining qo‘lidan keladigan oddiygina tomorqada ziroat yetishtirishga, uyi atrofini ozoda saqlashga, saranjomlashga erinadi.

    “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” deganlaridek, mutasaddilar ham, aholi ham birday harakat qilishi lozim. Dasturga kirdimi, demak, “Otchopar” ham obod mahallaga aylanadi, albatta. Faqat hokimlik, mutasaddi tashkilot vakillari o‘z mas’uliyatini yanada oshirishi, mahalla ahli esa hamjihat bo‘lib ularga yordamlashishi, eng muhimi, dasturda belgilangan chora-tadbirlar rejasi o‘z vaqtida bajarilishi lozim.

    13.09.2018, 18:12   Izoh (0)   15094
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda elektropoyezd 52 yashar ayolni urib yubordi. U quloqchin taqqan holda yo‘lni kesib o‘tayotgandi

    13.09.2018, 17:46

    Toshkent fond birjasi va Freedom Finance investkompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi

    13.09.2018, 17:15

    Buxoroda pora berishga uringan fuqarolarni ushlab bergan YPX xodimlari mukofotlandi

    13.09.2018, 17:00

    O‘zbekistonning olis qishloqlarida ham davlat xizmatlari markazlari ochilmoqda

    13.09.2018, 16:46

    O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 ta hujjat imzolandi

    13.09.2018, 16:35

    Buxoroda 20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    13.09.2018, 16:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Aktrisa va modellarning tezda ozishga yordam beradigan 5 xil samarali parhezi

    Maslahatlar | 30 iyun, 10:50

    Sudanda oltin koni qulashi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 10:44

    O‘zbekistonda 1-iyul kuni harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 10:32

    AQSHda timsohlar bilan o‘ralgan migrantlar lageri qurilmoqda (video)

    Dunyo | 30 iyun, 10:09

    UzChess Cup 2025. O‘zbekistonlik shaxmatchilar qancha pul ishlab oldi?

    Sport | 30 iyun, 09:55

    Sut, soda va kola: mashhurlar terini parvarishlashda foydalanadigan noodatiy vositalar

    Ayollar sahifasi | 30 iyun, 09:54

    Isroil G‘azo shimolidan aholini evakuatsiya qilishga buyruq berdi

    Dunyo | 30 iyun, 09:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.