Buxoro viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan qidiruv tadbiri o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.
“Qidiruv tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni (giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda o‘tkazish) sodir qilganligi uchun 1998-yilning dekabr oyidan buyon tergov organlaridan yashirinib yurgan Buxoro shahar Tupxona ko‘chasida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan Ulug‘bek Jamolov Rossiyaning Moskva viloyati Korolev shahrida yurganligi aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)