• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: “Yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak”

    Bugun, 12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq bajarish, 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Bugungi yig‘ilishimizda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli parametrlarni bajarish holatini muhokama qilib, yana qo‘shimcha rezervlarni ishga solish choralarini ko‘rishimiz, yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak.

    Chunki iqtisodiy o‘sish – bu birinchi navbatda yangi korxonalarni qurish va kengaytirish, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, inflyatsiya va narxlarni jilovlash xamda odamlarni ish bilan ta’minlash deganidir.

    Biz bu borada oxirgi 2 yil mobaynida juda ulkan islohotlarni, ko‘plab yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirdik va davom ettirmoqdamiz.

    Ushbu ustuvor vazifalarni va fuqarolarimiz hayotini yanada yaxshilash yuzasidan zimmamizga olgan majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarishimiz uchun respublika va mahalliy budjetlarga qo‘shimcha daromadni ko‘paytirishimiz zarur.

    Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish uchun qabul qilingan investitsiya dasturlarini izchil amalga oshirishimiz kerak.

    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun yetarli valyuta tushumini ta’minlash, buning uchun mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirib, ularni eksportga jo‘natishni ko‘paytirishimiz darkor. Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz kerak.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Qayd etilishicha, yig‘ilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

    Prezident joriy yil boshida bergan topshirig‘iga muvofiq, budjetga qo‘shimcha daromad tushirish bo‘yicha rezervlar izlab topilib, ularni safarbar qilish choralari ko‘rilgan edi. Buning natijasida 8 oyda davlat budjetiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foiz ko‘p daromad tushirildi. Jumladan, mahalliy budjetlarga tushumlarning o‘sishi 22 foizni tashkil etdi.

    Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha daromadlarni yanada oshirish imkoniyatlari borligini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada aniq manbalar va chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Mahalliy hokimliklar ixtiyorida qolayotgan qo‘shimcha daromadlarni samarali va maqsadli sarflash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

    Yig‘ilishda joriy yilning 9 oyi va yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, narx-navo o‘sishining oldini olish, investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

    Davlat rahbari maqsadli va prognoz parametrlariga erishishda muammo mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarda ishlarni jadallashtirish, belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Joriy yilda ishga tushirilishi mo‘ljallangan obyektlarni foydalanishga topshirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati tahlil qilindi.

    Har bir investitsiya loyihasini ko‘rib chiqib, qoloqlik mavjud bo‘lganlarini jadallashtirish, bunga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarishni tezroq boshlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, 2019-yilgi investitsiya dasturi loyihasini shakllantirishni yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda eksport masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. 9 oy yakuni bilan eksport hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan 19 foiz oshishi kutilayotgani qayd etildi.

    Prezident har bir eksportchi korxona va eksport qilinadigan mahsulot turi bo‘yicha ko‘mak berish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirishni ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

    Takroriy maydonlardan kutilayotgan 607 ming tonna eksportbop mahsulotlar, shuningdek, sentyabr-oktyabr oylarida issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavot ekinlarini eksport qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

    Bozorlarda narxlar oshishiga yo‘l qo‘maslik, 501 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish va ularni qish-bahor oylarida xalq talabiga mutanosib ravishda ichki bozorlarga chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

    Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshladi.

    O‘zini oqlayotgan bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan 44 ta tashabbuskor tanlab olindi. 2019 yilda 61 ta klaster tomonidan jami paxta maydonlarining 51 foizida paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda.

    Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tadi. Yangi tashkil etilayotgan klasterlar tomonidan 41 ta korxona tashkil etilib, 23 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

    Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi o‘zimizda qayta ishlanadi. Bu 2017 yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p degani. 2020 yilga borib, paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.

    “Shuning uchun klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xo‘jaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan bog‘liq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi” bo‘lishi kerak”,— dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Joriy yilda paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    2019—2023-yillarda qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini ishlab chiqish, sohaga xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    12.09.2018, 18:24   Izoh (0)   20467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga yetib keldi

    12.09.2018, 18:13

    Besh yildan so‘ng “O‘zbektelekom” “MTS” bilan tarmoqlararo ovozli aloqani tikladi

    12.09.2018, 17:57

    O‘zbekiston moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    12.09.2018, 16:39

    Namanganda salkam 23 mln so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    12.09.2018, 16:12

    Andijonda “Fidokor yoshlar” patrullik guruhlari tashkil etildi

    12.09.2018, 15:55

    Jahongir Ortiqxo‘jayev Berlin shahri hokimi bilan uchrashdi

    12.09.2018, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.