O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3938 sonli buyrug‘iga asosan Dilshod Sultonov Moliya vazirligi G‘aznachilik boshlig‘i — vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Dilshod Sultonov 1980-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodchi. 2002-yilda Toshkent temir yo‘llari va transport institutini tamomlagan.
Moliya vazirligi tizimida ish faoliyatini 2003-yildan boshlagan. 2003—2012-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i. 2013—2017-yillarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
2017-yilning sentabridan Dilshod Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)