Besh yildan so‘ng “O‘zbektelekom“ va “MTS“ PJSC (Rossiya Federatsiyasi) xalqaro telefon trafigi almashinuvi uchun ovoz aloqasini (tarmoqlararo ovozli aloqani) tikladi.Bu haqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabar berdi.
“Tarmoqlarning o‘zaro aloqasi telefon aloqasining sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va mamlakatlar o‘rtasida ovozli trafikni vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltirishga imkon beradi, bu esa o‘z o‘rnida “O‘zbektelekom” AK va “MTS” PJSC o‘rtasidagi hamkorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.
“MTS” O‘zbekistonda 2016-yilgacha ishlab, so‘ng Universal Mobile Systems (UMS) qo‘shma korxonasidagi 50,01 foizga teng ulushini O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining “Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasiga sotgan edi.
Izoh (0)