Amerika razvedkasi Suriya prezidenti Bashar Asad Idlibda qo‘shinlarga jangarilarga qarshi xlor qo‘llashga ruxsat bergani haqida darak beruvchi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, Asad go‘yoki, Idlibda jangarilarga hujum qilishda gazsimon xlorni qo‘llashni ma’qullagan. Shu munosabat bilan Pentagon ehtimoliy javobni tayyorlamoqda, ammo Donald Tramp u aynan qanaqa bo‘lishiga qaror qilganicha yo‘q.
Shunga qaramay, agar Vashington zarba berishga qaror qilsa, u avvalgilaridan ham kuchlisi bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)