Alibaba kompaniyasi asoschisi va rahbari Jek Ma 2019-yil 10-sentabrda — 55 yoshga to‘lgan kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
O‘zining ko‘p milliardli biznesiga asos solguniga qadar o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Jek Ma yana o‘sha kasbiga qaytmoqchi.
U direktorlar kengashi tarkibida qolib, kompaniya boshqaruvini kuzatishda davom etishini aytdi, o‘zining barcha vakolatlarini esa amaldagi bosh direktor Deniyel Chjangga topshiradi.
Ma Alibaba’ga 1999-yilda asos solib, uni elektron tijorat va raqamli to‘lovlar bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylantirdi. Biznesmen Xitoyning eng boy fuqarosi bo‘lib, uning davlati 40 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)