Parijda pichoq va temir tayoq bilan qurollangan Afg‘oniston fuqarosining hujumi oqibatida yetti kishi jabrlandi, deb yozadi Le Parisien.
Dastlab jinoyatchi MK2 kinoteatri tashrifchilarini yarador qilgan, so‘ng bino yaqinidagi maydonda petank (soqqalar bilan o‘ynaladigan o‘yin) o‘ynayotgan fransuzlarga hamla qildi. Shundan keyin erkak Anri Roger ko‘chasida ikki o‘tkinchiga tashlandi.
Besh nafar jabrlanuvchi jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan, ikki kishi o‘rtacha og‘irlikdagi holatda, bir kishi shok holatida qolmoqda.
Politsiyada hujumni terakt deb atash uchun dalillar yo‘q.
Izoh (0)