• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda hafta davomida 3 farmon va 11 ta qaror qabul qilindi

    Qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha navbatdagi “Adliya axboroti” brifingi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Brifingda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva joriy hafta davomida qabul qilingan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Yakuniga yetayotgan haftada Prezidentning 3 farmoni, 6 qarori va Vazirlar Mahkamasining 5 qarori qabul qilindi.

    Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish choralariga oid Prezident farmoniga muvofiq 81 idoralararo komissiya, ishchi guruh tugatilib, ularning vazifalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazildi. Bundan tashqari, 25 idoralararo komissiya ishi qayta ko‘rib chiqilib, optimallashtirildi.

    Pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid Prezident farmoniga asosan fuqarolar doimiy ro‘yxati mavjud bo‘lmaganida, oldingi doimiy ro‘yxatda turadigan joyidagi, propiskaga oid ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda o‘zi turgan joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (pasport stolga) murojaat qilishi mumkin. Mazkur hujjat bilan yo‘qotilgan pasport o‘rniga pasport berish tartibi ham belgilandi.

    Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasi hokimlar bilan kelishilmaydi.

    2019-yil 1-yanvardan boshlab maktablarda ishlayotgan pensioner xodimlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi.

    Prezidentning ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etishga oid qarori bilan ichki ishlar organlarining hududiy, harbiy va sohaviy tuzilmalari, shuningdek, idoraviy oliy ta’lim muassasalaridagi xavfsizlik bo‘linmalari ichki ishlar vaziri bo‘ysunuviga o‘tkazildi. Barcha darajadagi ichki ishlar organlari boshliqlari bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar, shuningdek, ularning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlar samaradorligi uchun endilikda vazir shaxsan javobgar hisoblanadi.

    Davlat rahbarining madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga oid qaroriga muvofiq, Muzeylar renovatsiya dasturi eksperiment sifatida amalga oshiriladi.

    Prezidentning chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirishga doir qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxati tasdiqlandi.

    Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid Prezident qarori bilan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi tashkil etildi.

    Kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qaroriga ko‘ra, kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘’ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

    Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid Prezident qaroriga muvofiq, “O‘zagrotexmash” aksiyadorlik jamiyatini “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatiga o‘rnatilgan tartibda birlashtirish orqali ularning takrorlanuvchi vazifa va tuzilmalarini optimallashtirildi. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati “O‘zagrotexsanoatxolding” tashkiliy tuzilmasidan chiqarildi.

    Vazirlar Mahkamasining Fuqarolar yig‘inlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlariga oid qarori bilan har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi.

    Qarorga muvofiq “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi hamda mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom bilan mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini bepul asosda ajratiladi.

    Vazirlar Mahkamasining aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada yaxshilashga oid qarorga muvofiq, 2018 — 2019-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.

    Ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining jamoat tartibini muhofaza qilishda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit berish tartibi joriy etildi.

    Vazirlar Mahkamasining yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirishga oid qaroriga muvofiq, “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha dastur tasdiqlandi. Ushbu hujjat bilan Ichki ishlar vazirligining tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda keng jamoatchilik ishtirokida har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yishi belgilandi.

    2018-yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori bilan paxta xom ashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 400 ming so‘m xizmat haqi to‘lash; paxta xom ashyosining qo‘lda terilgan 1 kilogrammi uchun birinchi bosqichda kontraktatsiya shartnomasi 60 foizgacha bajarilgunga qadar 650 so‘m, ikkinchi bosqichda — 60 foizdan 80 foizgacha — 850 so‘m, uchinchi bosqichda — 80 foizdan ortganda — 1000 so‘m mehnat haqi to‘lash belgilandi.

    Shu mavsumdan boshlab paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan shaxslardan pensiya jamg‘armasi uchun sug‘urta badallari undirilmaydi. Shuningdek, qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil paxta hosilini yordamchi kuchlarisiz (hasharchilarsiz) terib oladigan 34 tuman ro‘yxati ham keltirilgan.

    Qabul qilingan qonun hujjatlari xalq manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

    07.09.2018, 23:53   Izoh (0)   60165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda ham Vebster universiteti magistraturasi ochiladi

    07.09.2018, 22:54

    Xalqaro press-klubda NNTlar faoliyati yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi

    07.09.2018, 22:11

    Namanganda “Salomatlikni targ‘ib qilish kunlari” boshlandi

    07.09.2018, 21:42

    “Vunderkind shou”da ishtirok etib 50 mln so‘m mukofotni qo‘lga kiritish mumkin

    07.09.2018, 21:08

    Farg‘ona viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi o‘tkazildi (foto)

    07.09.2018, 20:07

    Toshkentda UzTextile Expo — 2018 ko‘rgazmasi doirasida modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi (foto)

    07.09.2018, 19:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.