Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Buvayda tumani markazida tashkillashtirilgan ushbu aksiyada 10 000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi.
Aksiya doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yaroq namunalari, uzoqlikni aniqlash va mo‘ljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi.
Tadbirga tashrif buyurganlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun harbiy orkestr tantanali konsert dasturini namoyish etgan bo‘lsa, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi elementlari bilan ko‘rgazmali chiqishlarini ko‘rsatdi.
Izoh (0)