Xitoyning Heangshui Decheng Machinery and Equipment kompaniyasi Jizzax viloyatida bir necha sement va g‘isht zavodi qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Xitoylik investorlar, shuningdek, mintaqada bazalt ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mehmonxona, issiqxona va parranda fabrikasi qurishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyaga 2008-yilda asos solingan bo‘lib, gipsokarton, sement va bezakli tosh tayyorlash bo‘yicha texnologik liniyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Izoh (0)