AQShlik senator Jon Makkeyn bugun, 2-sentabr kuni Merilend shtatining Annapolis shahrida dafn etiladi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Dafn marosimi senator tahsil olgan harbiy-dengiz akademiyasi qabristonida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Vashingtondagi kafedral soborida Makkeyn bilan vidolashuv o‘tkazilgan edi.
Marosimga AQShning uch nafar sobiq prezidentlari tashrif buyurdi. Ulardan biri Barak Obama Makkeynni doimo Amerika jamiyatini yaxshilashga uringan siyosatchi deb atadi.
Jon Makkeyn 2008-yildagi prezidentlik saylovlarida Obamaning asosiy raqibi edi. O‘shanda senator 46 foiz saylovchilar ovozini to‘plagan edi.
Izoh (0)