Bosh prokuratura huzuridagi Multimedia markazi O‘zbekistonda avtomobillarni sotish chog‘ida foydalanilayotgan firibgarlik sxemalari haqida reportaj tayyorladi.
Unda qayd etilishicha, 2018-yil boshidan beri Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan avtosalonlarda transport vositalarini noqonuniy sotishga urinish bilan bog‘liq 45 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bunday ishlarning eng ko‘pi Buxoro viloyati (12), Toshkent shahri (11) va Farg‘ona viloyatiga (4) to‘g‘ri kelmoqda.
Firibgarlar noqonuniy sotishga uringan avtomobillar reytingida esa Nexia (13), Damas (10) va Lacetti (7) yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)