Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

31 avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida xalqimiz ozodligi yo‘lida fido bo‘lgan insonlarni xotirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Qur’on tilovat etilib, qatag‘on qurbonlari ruhiga duo qilindi. Elga osh tortildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari diniy ulamolar, ta’lim sohasi mutasaddilari bilan suhbatda vatanparvar insonlarni e’zozlash, yoshlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalash, ularda buyuk bobolarimizdek bo‘lishga intilishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buning uchun O‘zbekiston Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish kerakligi qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“O‘ylamasdan rol ijro etish”. Gollivud yulduzi Entoni Xopkins Marvel filmlarini tanqid qildi
Mahalliy
O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi (foto) 
Mahalliy
O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli tasdiqlandi