Ilk katta diagonalli OLED-televizorlar ilg‘or premium TV-texnologiyalari bozorida yetakchilikka tayyor.
OLED-televizori bilan TV-innovatsiyalarda yetakchilik qilib kelayotgan LGElectronics (LG) kompaniyasi IFA 2018 ko‘rgazmasida dunyodagi birinchi 8K (7680×4320) OLED televizorini namoyish etadi. 88 dyuymli 8K LG OLED TV 33 million o‘z-o‘zidan yoqiluvchi piksellar bilan jihozlangan bo‘lib, ular OLED-televizorlari tasvir sifatini belgilab beruvchi misli ko‘rilmagan kontrast ko‘rsatkichlari va haqiqiy qora rang tuslarini qayd etadi.
2018-yilga borib OLED televizorlarni bozorga yetkazib berish ikki baravarga oshadi va 2022-yilga borib qurilmalar soni 9 milliondan ortadi. LG o‘zining premial modellari assortimentida OLED’ning ulushini oshirish va OLED televizorlarni keng targ‘ib qilishni rag‘batlantirishda davom etadi. Endigina rivojlanayotgan 8K televizorlar 2022-yilga borib 5 milliondan oshishi kutilmoqda, LG esa OLED TV 8K texnologiyali ultra-premium toifa bozorida yetakchilikni ko‘zlamoqda.
LCD-displeylar yutuqlariga qaramay, OLED ko‘pincha “kelgusi avlod displeylari texnologiyasi” sifatida qayd etiladi, chunki u o‘zidan yorug‘lik taratib, hech qanday chiroqqa o‘rin qoldirmaydi. Bu ham tasvir sifati, ham mahsulot dizaynini qayta ko‘rib chiquvchi zamonaviy televizorlarni ishlab chiqish imkonini beradi. LG bunday texnologiyalarning birinchi ishlab chiqaruvchisi bo‘libgina qolmay, ularning sotuvlarini ham muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
“LG’ning ilk 8K OLED-televizori — bu texnologik yutuqlar cho‘qqisi va tasvir texnologiyasida keyingi evolyutsion qadam, — dedi LGHomeEntertainmentCompany prezidenti Brayan Kvon. — 4K OLED-televizorlar televizion sanoat o‘zgarishida muhim rol o‘ynadi, LG’ning 8K OLED texnologiyasi ham xuddi shunday bo‘lishiga ishonch bildirilmoqda”.
IFA 2018 ko‘rgazmasi mehmonlari 88 dyuymli ilk 8K LG OLED televizorni 18 MesseBerlin xollida LG’ning TV-texnologiyalardagi boshqa innovatsiyalari bilan bir qatorda ko‘rishi mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)