Bugun, 28-avgust sanasida Indoneziyadaning Jakarta shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Boks bo‘yicha musobaqalarda O‘zbekiston sharafini -69 kg vaznda himoya qilayotgan Bobousmon Baturov chorak finalda Janubiy koreyalik Lim Hyunchulga qarshi ringga chiqdi.
Shu tariqa bugungi janglarda ishtirok etgan 3 nafar o‘zbek bokschilari yarim finalga chiqdi. Avvalroq Jasurbek Latipov hamda Shunqor Abdurasulovlar ham yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)