O‘zbekistonlik FIFA va OFK hakami Ravshan Ermatov o‘z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo‘lib turibdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
26-avgust sanasida Ermatov brigadasi bilan Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo‘lgan “Changchun Yatay” va “Xebey Chayna Forchun” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni boshqardi. Murosasiz o‘tgan bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga yetdi.
Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupov yordam berdi. Endi Ravshan Ermatov jamoasi bilan navbatdagi turdan o‘rin olgan “Guanjou Evergrand” – “Shanxay Shenxua” uchrashuvda ham ishlaydi. Mazkur o‘yin 2-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Xitoy Superligasi
2-sentabr, yakshanba
“Guanjou Evergrand” — “Shanxay Shenxua”
Bosh hakam: R.ErmatovYon hakamlar: A.Rasulov, S.Shoyusupov
Izoh (0)