Bugun, 28-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston nomidan badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik bahslarida qatnashgan Sabina Toshkenboyeva kumush medal sohibasiga aylandi. U 4 ta chiqish bilan, umumiy 65.850 natija ko‘rsatdi. 1-o‘rin esa 66.800 natija qayd etgan qozog‘istonlik Alina Odilxonovaga nasib etdi. 3-o‘rinni xitoylik Yating Zao egalladi.
O‘zbekistonlik boshqa bir sportchi Nurinisso Usmonova esa 65.400 ko‘rsatkich qayd etdi. U jadvalning 4-pog‘onasiga joylashdi.
Bu orqali O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 32(6 ta oltin, 14 ta kumush, 12 ta bronza) taga yetdi.
Izoh (0)