• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Oksana Chusovitina: “Osiyo o‘yinlaridagi medalimni O‘zbekiston Prezidentiga bag‘ishlayman”

    Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Unda bir necha kun oldin o‘zbek sporti afsonasi, Olimpiya o‘yinlarining yetti karra ishtirokchisi Oksana Chusovitina sport gimnastikasining tayanib sakrash bahslarida kumush medal sohibasiga aylandi. Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Oksana Chusovitina bilan suhbat uyushtirdi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    “Bilasizmi, musobaqaga tayyorgarlik jarayoni juda qattiq o‘tdi. Bu kumush men uchun oltinga teng. Shohsupada ikkinchi bo‘lib turibmanki, demak hali qiladigan ishlarim bor. Xatolarni to‘g‘rilab, oldinga qarab harakat qilishim kerak. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Sizning qanday tayyorgarlik ko‘rganingizni musobaqa va uning yakuniy natijasi ko‘rsatib beradi”, — dedi sportchi.

    —Raqiblaringizga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular 16—17 yoshda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Ularga qarshi kurashish qiyin bo‘lmaydimi?

    —Raqiblarimning yoshiga hech qachon ahamiyat bermayman. Men o‘zim tayyorlagan mashqlarni ko‘rsatib beraman. Unga hakamlar baho beradi. Barchasi siz mashqni qanday bajarishingizga bog‘liq.

    —Siz O‘zbekiston terma jamoasi safida ko‘plab kompleks musobaqalarda ishtirok etgansiz. Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari qolgan musobaqalardan nimasi bilan farq qilmoqda? Umuman, tashkiliy masalalar haqida nima deya olasiz?

    —Tashkiliy tomonlama… Buni muhokama qilishimiz shart emas. Chunki, barcha sportchi bir hil sharoitda chiqish qiladi. Kimdir ajratib qo‘yilmagan. Barcha bir xil xonalarda yashaydi, bitta joyda ovqatlanadi, bitta joyda mashg‘ulotlar olib boradi. Muhimi, musobaqaga chiqib, oxirigacha kurashish lozim.

    —Siz yettita Olimpiadada ishtirok etgan jahondagi yagona gimnastikachi hisoblanasiz. Aynan shu sababli ham sizni “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritishgan, shuningdek, xalqaro gimnastika federatsiyasining “Shon-sharaf zali”dan ham o‘rin olgansiz. E’tiborlisi, siz faoliyatingizni tugatmay turib ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldingiz. Bu muvaffaqiyatlardan qay darajada faxrlanasiz va ular sizga qay darajada kuch bera oladi?

    —Men bundan juda faxrlanaman. Ushbu muvaffaqiyatlarga O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib erishganman. Vatanimga qaytib, mamlakatimiz nomidan musobaqalarda ishtirok etishni uzoq vaqt kutdim. Mening katta orzuim bor. Men aynan shu maqsad sari olg‘a boryapman. Barcha mendan so‘raydi: “Sen nima uchun haliyam musobaqalarda ishtirok etasan, bunga qandaydir motivatsiya bormi?”. Bunga doimo bir hil javob beraman. Menda hali ushalmagan bir orzuim va maqsadim bor. Unga erishishni juda-juda istayman. Yettita Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bo‘lsamda, O‘zbekiston uchun medal yutib bera olmaganman. Vatanim uchun Olimpiada medalini taqdim etish mening eng asosiy maqsadimdir. Olimpiadada sovrindor bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.

    — Oksana, ushbu Osiyo o‘yinlarini siz uchun Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi desak bo‘ladimi? O‘sha paytda ham O‘zbekiston terma jamoasi safida bo‘lasizmi?

    —Bilasizmi, har bir musobaqada biz raqiblarimizni o‘rganamiz, ularning harakatlarini kuzatamiz, qattiq tayyorgarlik ko‘ramiz. Men o‘z holatimga doimo real baho beraman. Shu yilning noyabr oyidan Olimpiya o‘yinlari uchun saralash musobaqalari, ya’ni Jahon kubogi bosqichlari boshlanadi. O‘sha musobaqalar orqali biz reyting ochkolari to‘plab boramiz. O‘z oldimga maqsad qo‘ydimmi, uni albatta amalga oshiraman. O‘tgan yili dekabr oyida mamlakatimiz Prezidenti bilan uchrashgandim. U shunday so‘zlarni aytdiki, men yanada ruhlanib ketdim. Respublikamiz rahbari meni kuzatmoqda, menga muxlislik qilmoqda. Ushbu ishonchni oqlash, men bilan faxrlanishlari uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ushbu medalimni aynan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlayman va ularga kattadan-katta rahmat aytib qolaman.

    —Faoliyatingizni yakunlagandan so‘ng murabbiylik qilish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?

    —Hali yana ikki yil bor. Bu gimnastikachi uchun juda katta vaqt. Men O‘zbekistonda gimnastika yanada rivojlanishini, yuqori saviyaga ko‘tarilishini va bunga o‘z hissamni qo‘shishni judayam istayman. Bizda bir necha yildan so‘ng katta arenalarga chiqa oladigan ko‘plab yoshlarimiz bor. Shuning uchun, men murabbiy va yoshlarga o‘z tajribamni, maslahatlarimni berib boraman.

    27.08.2018, 11:12   Izoh (0)   17998
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bundesliga. “Bavariya” va “Borussiya D” mavsumni g‘alaba bilan boshladi (video)

    27.08.2018, 10:33

    APL. “Chelsi”da g‘alaba, bugun “Manchester Yunayted” “Tottenhem”ga qarshi jang qiladi (video)

    27.08.2018, 09:56

    La Liga. “Real” Kataloniyada yirik g‘alabaga erishdi, Benzemadan dubl (video)

    27.08.2018, 09:36

    Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1/2 finalga chiqish uchun Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynaydi

    27.08.2018, 09:23

    Osiyo o‘yinlari—2018. Bugun Hasanboy Do‘stmatov va Isroil Madrimovlar ishtirokini boshlaydi (ro‘yxat)

    27.08.2018, 07:38

    Osiyo o‘yinlari—2018. Suhrob Xo‘jayev O‘zbekistonga 11-bronza medalni taqdim etdi

    26.08.2018, 22:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10

    Rossiya NATO chegarasidan 25 km uzoqlikda ulkan obyekt qurmoqda (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 17:08

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.