Bugun, 26-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, o‘zbekistonlik Suhrob Xo‘jayev bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqalarda qatnashib, bronza medaliga ega chiqdi. Suhrob final bahsida 74,06 metr natijani qayd etdi. Ta’kidlash joiz, bu uning mavsumdagi eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Birinchi o‘rin qatarlik Ashraf al-Sayfiyga (76,88 m), ikkinchi o‘rin esa tojikistonlik Dilshod Nazarovga (74,16) nasib etdi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi bronza medallari soni 11 taga yetdi.
Izoh (0)