• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Islomxoʻja” bizga haqiqiy tarixni oʻrgatadi

    Bir haftacha muqaddam uzoq kutilgan “Islomxoʻja” filmining yopiq premyerasi boʻlib oʻtdi. Premyeradan soʻng berilgan taqrizlar nihoyatda qisqaligi bois ular film haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun yetarli boʻlmadi. Umuman olganda, taqrizlarning aksariyati filmni salbiy yoki oʻrtamiyona baholadi.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Shundan kelib chiqib, “Islomxoʻja”ga oʻz bahoimni berish hamda boʻlajak tomoshabinlarda toʻlaroq fikr uygʻotish maqsadida ushbu filmga batafsil toʻxtalib oʻtishga qaror qildim.

    Ulug‘bek Qodirov Islomxo‘ja obrazida. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Ulug‘bek Qodirov Islomxo‘ja obrazida. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Ilgarigi maqolalarimdan birida kartina koʻtarib chiqayotgan davrning tarixdagi ahamiyatiga urgʻu bergan edim. Bu davrda yashagan Islomxoʻja singari oʻnlab, yuzlab arboblar borki, ularning ishlari bugungi kunga bevosita ta’sir koʻrsatadi va shu bois beqiyos qiymatga ega, illo olis oʻtmishga maftun oʻzbek tarixchiligi ularga hali munosib baho bera olgani yoʻq.

    Asfandiyorxon (Alisher Uzoqov) va uning kichik rafiqasi, Islomxo‘janing qizi Aziza Poshsha bika (Asal Shodiyeva). Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Asfandiyorxon (Alisher Uzoqov) va uning kichik rafiqasi, Islomxo‘janing qizi Aziza Poshsha bika (Asal Shodiyeva). Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Ayni damda, mana shunday muhim davrni jonlantirish, Islomxoʻjaday favqulodda shaxsni katta ekranlarga olib chiqish kinochilardan alohida mas’uliyatni talab qilardi. Yopiq premyerada ishtirok etganlarning koʻpchiligi Gollivuddagi singari keng miqyosli tarixiy-badiiy film kutgan boʻlsa kerak, ayrimlarning hafsalasi pir boʻlgani sezildi. Ammo bu shakldagi peplum — tarixiy jangari film yaratishga na ajratilgan budjet (1,3 milliard soʻm), na oʻzbek kinosining tajribasi yoʻl qoʻyardi. Shu bois rejissor Jahongir Ahmedov, menimcha, mavjud vaziyatda eng optimal yoʻlni tanlagan — badiiy publitsistikaga murojaat etgan.

    Badiiy publitsistika ikkita vazifani bajarishga qaratilgan:

    - tomoshabinga haqqoniy ilmiy faktlarni taqdim etish;

    - estetik zavq bagʻishlash.

    Fikrimcha, “Islomxoʻja” har ikki vazifaning ham uddasidan chiqa oladi.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Odatda oʻzbek badiiy filmlari sodda syujetga va qurilishga ega boʻladi, murakkab ssenariyga va oʻziga xos yechimga sohib ishlar kamdan-kam uchraydi. Oʻzbekcha hujjatli filmlarning ham aksariyati “xoʻjakoʻrsinga” ishlanadi va barchaga ma’lum, darsliklarga kiritilgan faktlarning takrori negiziga quriladi. “Islomxoʻja” bu borada oʻta noyob filmdir. Ilmiy jihatdan uni toʻlaqonli tadqiqot desa boʻladi — rejissor oʻz jamoasi bilan birgalikda toʻrt yil umrini tarixiy hujjatlarni va monografik tadqiqotlarni oʻrganishga sarflagani, arxiv titkilagani koʻrinib turibdi. Filmga XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr boshidagi Xiva tarixi boʻyicha yirik mutaxassis — Ne’mat Polvonov maslahatchi boʻlgani uning ilmiy qiymatini yanada oshiradi.

    Doktorant, Islomxo‘ja tadqiqotchisi. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Doktorant, Islomxo‘ja tadqiqotchisi. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Rejissor Islomxoʻja hayoti haqidagi faktlarni oʻz qahramoni — yosh doktorant tilidan batafsil, erinmay bayon etadi va tomoshabinda oʻsha davr haqida toʻla tasavvur hosil qiladi. Dialoglar, maktublar arxiv materiallari asosida tiklangani diqqatga sazovor. Bu bilangina cheklanib qolmay, ijodkorlar koʻpgina bahsli ilmiy masalalar yuzasidan oʻz xulosasini beradi. Hikoya orasiga qoʻshilgan badiiy sahnalar ham mehr bilan ishlangani, har bir detalga urgʻu berilgani e’tiborga loyiq. Liboslar, xon saroyi, mulozimlarning navbat turish tartibi, xon taxti, rus harbiylarining liboslari — bari haqqoniy tiklangan.

    Xon taxti, yozish mashinasi va cho‘girma. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Xon taxti, yozish mashinasi va cho‘girma. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Sovet yillarida oʻzbek xonliklari davri qop-qora ranglarga chaplanib, badiiy filmlar va kitoblarda juda qo‘pol, karikaturali bir shaklda tasvirlanar edi. Eski qoliplardan qutula olmagan zamonaviy oʻzbek madaniyati ham xonliklarni oʻrta asrlarda qolib ketgan mudhish chaladavlatlar, xonlarni va amaldorlarni esa tussiz, qiyofasiz “kartonli” obrazlar tarzida koʻrsatishga oʻrganib qolgan. “Islomxoʻja” birinchi marta bu stereotiplardan qochib, xonlarga va amaldorlarga “jon kiritdi”: ekrandagi Asfandiyorxon, bizga yillar davomida uqtirib kelishganiday, maishatga berilib ketgan, mamlakat dardini unutgan aqlsiz hukmdor emas, balki oʻqimishli, ziyoli, lekin murakkab davrda hokimiyat tepasiga kelib qolgan, illat va xislatlarga ega ziddiyatli shaxs, u qoʻlidan kelgancha oʻz davlatini koʻtarishga, ahvolni yaxshilashga urinadi, ammo siyosiy kurashda yengib chiqishga irodasi yetmaydi. Islomxoʻja — har qanday kamchilikdan mosuvo, afsonalashtirilgan qahramon emas, u ham imkoniyati doirasida ish koʻradigan ayyor siyosatchi. Ularning shaxsiyati haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar (aytaylik, Asfandiyorxon boʻsh vaqtida nima bilan shugʻullanishi-yu, Islomxoʻja qanday gazetalarni oʻqishi) qahramonlarni yanada “jonlantirgan”.

    Asfandiyorxon bo‘sh vaqtida soat va qilich yasash, tuzatish bilan shug‘ullangan, Farrux taxallusi bilan she’rlar yozgan. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Asfandiyorxon bo‘sh vaqtida soat va qilich yasash, tuzatish bilan shug‘ullangan, Farrux taxallusi bilan she’rlar yozgan. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Ikkilamchi obrazlarga ham e’tibor berilgan. Jumladan, Bobojon Qatagʻon shunchaki Islomxoʻjaning tan soqchisi boʻlmay, balki uning yaqin insoni ekanligi ochib berilgan.

    Islomxo‘ja va Bobojon Qatag‘on. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Islomxo‘ja va Bobojon Qatag‘on. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Qolaversa, rejissor Xiva xonligi toʻlaqonli davlat boʻlganini, oʻz ma’muriy apparatiga, sud-huquq tizimiga egaligini, xonlikda murakkab siyosiy oʻyinlar, resurslar uchun kurash borganini, Rossiya imperiyasi, xususan, Amudaryo boʻlimi ma’muriyatining xonlik hayotiga ta’sirini koʻrsatib bera olgan.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Oldinroq yozilgan taqrizlardan kelib chiqib, filmda koʻplab kamchiliklar bor deb oʻylagan edim. Ammo “Islomxoʻja”ni tomosha qilish asnosida biror jiddiy nuqson topa olmadim. Aytib o‘tilgan e’tirozlarning eng o‘rinlilari personajlar zamonaviy tilda gapirishi, ayol qahramonlarning ortiq darajada yorqin makiyaji, ayrim aktyorlar kadrga mos tushmagani bilan bog‘liq. Yuqorida aytilganidek, bu — keng miqyosli tarixiy-badiiy film emas, lekin qoʻyilgan maqsad doirasida barcha vazifalar uddasidan chiqilgan. Rejissura, operator ishi, montaj sifatli amalga oshirilgan. Syujet murakkab, bir necha pogʻonali qilib qurilgan, ikki davrning, badiiyyat va ilmiy-hujjatli bayonning aralashuvi esa menga eronlik rejissor Moniy Haqiqiyning “Ajdar omad” (“Ajdarho keldi”) kinodurdonasini eslatib yubordi. “Xontaxta” filmlarda bir xildagi obrazlarni jonlantiraverib badga urgan Ulugʻbek Qodirov va Alisher Uzoqov bu safar hayron qoldira olishdi — ular oʻzlariga ajratilgan qisqa ekran vaqti ichida qahramonlarining shaxsiyatini ochib bera olgan. Masalan, Ulugʻbek Qodirovning kadrdagi asosiy ishi sukut saqlab, olisga tikilgancha vazmin qadam tashlashdan iborat, lekin uning nigohi, aslzodalarga xos ishonchli harakatlari, gapirish ohangi yuz yil muqaddam yashagan hukumat rahbarining shaxsiyatini koʻz oldimizda tiriltiradi, va bu tarix ishqibozlarini hayajonga solmay qoʻymaydi.

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Taqriz yakunida yana bir jihatga e’tibor qaratmoqchi edim. “Islomxoʻja” ilk oʻzbekcha tarixiy detektiv hamdir. Moziyda yechilmay qolgan masalalar, fosh etilmagan jinoyatlar, oʻz bahosini olmagan shaxslar va voqealar juda koʻp. Tarix oʻtib ketdi, deb hisoblaydiganlar adashadi — fosh etilmaganni fosh etish, ochilmaganni ochish bugungi avlodning zimmasidagi burchdir.

    Birinchi oʻzbek generali Bobobekning oʻz uyida oʻldirib ketilishi, Turkiston jadidchiligi asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiyning qatl etilishi, qoʻrboshi Ibrohimbek Laqay ishi, Afgʻonistondagi Buxoro muhojiroti faoliyati — bu kabi mujmal savollar hali-hamon jiddiy taftishni kutmoqda.

    Islomxo‘janing qotili so‘roqqa olib ketilmoqda. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Islomxo‘janing qotili so‘roqqa olib ketilmoqda. Foto: Jahongir Ahmedov arxividan

    Film fabulasi Islomxoʻjaning oʻldirishi hamda bu jinoyat taftishi asosiga qurilgani menga yoqdi: tomoshabin bayonchi — doktorant bilan birga qotillik tafsilotlarini bilib boradi, ayni paytda unga Islomxoʻja kimligi, qanday davrda, kimlar orasida yashagani tushuntirib boriladi, film yakunida esa jinoyat ijrochilari, bu qotillik xonlik uchun qanday oqibatlar keltirib chiqargani ayon boʻladi.

    * * *

    “Islomxoʻja” — aqlli kino, intellektual kino. U, biz bilgan boshqa koʻpgina oʻzbek tarixiy filmlaridan farqli, quruq propagandaga qaratilmagan, tarixiy arboblarni ertak qahramonlariga aylantirib qoʻymagan, balki imkon qadar hujjatga asoslangan haqqoniy tarixni namoyish etgan. Afsuski, “xontaxta” filmlarga oʻrganib qolgan tomoshabin uni qabul qilishi oson kechmaydi, shu bois “Islomxoʻja” kinozallarni bir oylab toʻldirib tura olmasligi mumkin. Film mavzusi va janri o‘ta xosligini unutmaylik.

    Lekin “Islomxoʻja” tomoshabinga haqiqiy tarixiy bilim beradi, ayni paytda estetik zavq ham bagʻishlay oladi. Uni hech ikkilanmasdan oʻzbek kinochiligining jiddiy yutugʻi deb ayta olaman. Film mahalliy va xalqaro telekanallarda muvaffaqiyatli namoyish etilishiga, festival va tanlovlarda qatnashib, munosib baho olishiga ishonaman.

    24.08.2018, 09:55   Izoh (0)   51002
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.